Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pep Gvardiola kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Pep Gvardiola kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Bugun, 22 may kuni «Manchester Siti» Xosep Gvardiola mavsum yakunida bosh murabbiy lavozimini tark etishini e’lon qildi. «Shaharliklar» ustozi sifatida o‘tkazgan so‘nggi matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Men dam olaman. Murabbiylik faoliyatidan ma’lum muddatga uzoqlashishni rejalashtiryapman, aks holda bu yerdan ketmasdim», — dedi Gvardiola. Mutaxassis, shuningdek, ingliz klubining bir qismi bo‘lib qolishdan mamnun bo‘lishini, ammo murabbiy sifatida emas, balki boshqa rolda ekanini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»da ishlab kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida ispaniyalik murabbiy «shaharliklar» bilan 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. 24 may kuni uning jamoasi yaqindagina Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi. Angliya Premyer-ligasining so‘nggi tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:52, 22.05.2026.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик