Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Inter» va «Roma» o‘yinchilar almashinuvini rejalashtirmoqda

«Inter» va «Roma» o‘yinchilar almashinuvini rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

A Seriya klublari — «Inter» va «Roma» o‘yinchilar almashinuvi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, bitim yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin. «Inter» «Roma»ning 25 yoshli markaziy yarim himoyachisi Manu Konega ko‘z tikkan, Rim klubi uni 50 million yevroga baholamoqda. Biroq «neradzurrilar» bu summani to‘lashga tayyor emas va almashinuvning muqobil variantini taklif qildi.

Bitim doirasida «Inter» 26 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezini (qiymati 25 million yevro) hamda qo‘shimcha pul kompensasiyasini berishga tayyor. «Roma» bilan bitimning umumiy qiymati 50 million yevroni tashkil etadi, biroq moliyaviy sabablarga ko‘ra, bu ikki transfer alohida kelishuv sifatida rasmiylashtiriladi. Klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Manu Konening transfer qiymati 50 million yevroni, Davide Fratteziniki esa 22 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 19:00, 22.05.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик