Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Portu» Lyuk de Yong bilan xayrlashdi

«Portu» Lyuk de Yong bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Portu» klubi o‘z rasmiy sayti orqali hujumchi Lyuk de Yong yozda jamoadan ketishini e’lon qildi. Klub 35 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaydi va unga kelajakdagi faoliyatida omad tiladi.

Forvard «Portu»ga 2025 yilning avgust oyida PSVdan o‘tgan edi. Jamoa safidagi to‘rtinchi o‘yinida u o‘zining debyut golini urdi, biroq o‘sha uchrashuvda jarohat oldi. Noyabr oyida de Yong safga qaytganiga qaramay, uch o‘yindan so‘ng tizza paylarini jiddiy shikastlab, mavsum oxirigacha maydondan chetda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Lyuk de Yong o‘z faoliyati davomida «Sevilya», «Barselona», Myonxengladbaxning «Borussiya»si, «Nyukasl», «Tvente» va «De Grafsxap» kabi klublarda to‘p surgan. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 09:21, 23.05.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик