Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

De Dzerbi Romero himoyasiga chiqdi

De Dzerbi Romero himoyasiga chiqdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi mavsumning «Everton»ga qarshi hal qiluvchi o‘yiniga bormaslikka qaror qilgan jamoa sardori Kristian Romeroni qo‘llab-quvvatladi. Tizzasidan olgan jarohatidan sog‘ayayotgan himoyachi Argentinaga uchib ketgan va u yerda «Belgrano» hamda «River Pleyt» o‘rtasidagi bahsga tashrif buyuradi.

«Hamma yetakchilar ham bir xil emas. Ben Devis jamoa bilan qolishni istadi, Romero esa boshqa yo‘lni tanladi. Biroq men uchun hech narsa o‘zgargani yo‘q», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bein Sports.

Italiyalik mutaxassis futbolchining harakatini xudbinlik deb hisoblamasligini ta’kidladi: «Agar futbolchi faqat o‘zi haqida o‘ylayotganini ko‘rganimda, boshqacha munosabat bildirgan bo‘lardim. Ammo Romero bilan menda hech qachon muammo bo‘lmagan».

So‘nggi tur oldidan «Tottenxem» xavfli hudud (quyi ligaga tushib ketish zonasi) yaqinida turibdi. APLdagi o‘rnini saqlab qolish uchun jamoaga «Everton» ustidan g‘alaba zarur, durang ham «shporlar»ga qo‘yilgan vazifa ijrosini kafolatlashi mumkin.

Kiritildi: 10:53, 23.05.2026.
O'qildi: 381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик