Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kompani: «Gvardiola bilan ishlash men uchun sovg‘a bo‘lgandi»

Kompani: «Gvardiola bilan ishlash men uchun sovg‘a bo‘lgandi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyligidan ketishi borasida o‘z fikrini bildirdi.

«U bilan birga ishlash men uchun sovg‘a bo‘lgandi. Aynan u bilan o‘tkazilgan yillar meni kelajakda murabbiy bo‘lishga undagan», — deya Kompanining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern&Germany.

Kompani va Gvardiola belgiyalik futbolchi hali klubda to‘p surayotgan vaqtda, 2016-2019 yillarda «Siti»da birga bo‘lishgan. 2020 yilda faoliyatini yakunlagach, Kompani murabbiylik faoliyatini boshladi: 2020-2022 yillarda «Anderlext»ni, 2022-2024 yillarda «Byornli»ni boshqargan bo‘lsa, 2024 yildan beri «Bavariya»da murabbiylik qilmoqda.

Pepning «Siti»dan ketishi haqida rasman juma kuni, 22 mayda ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 10:56, 23.05.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик