Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Barko yozda «Chelsi» safiga o‘tadi

Barko yozda «Chelsi» safiga o‘tadi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatida «Strasburg» sharafini himoya qilayotgan argentinalik yarim himoyachi Valentin Barko faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini Londonning «Chelsi» klubi o‘z safiga qo‘shib oladi. Transfer yozgi oynada rasmiylashtirilishi kerak. Tomonlar allaqachon kelishuv shartlari bo‘yicha kelishib olishgan.

Ta’kidlash joizki, Barkoning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi Fransiya klubi safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:23, 23.05.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик