Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Anchelotti «Real» afsonasi Daniel Karvaxal bilan xayrlashdi

Anchelotti «Real» afsonasi Daniel Karvaxal bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan Karlo Anchelotti «qaymoqranglilar» sardori Daniel Karvaxal haqida iliq fikrlar bildirdi.

34 yoshli qanot himoyachisi joriy mavsum yakunida «qirollik klubi»ni tark etadi. La Liga 38-turi doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan «Atletik» Bilbaoga qarshi uchrashuv ispaniyalik futbolchi uchun «Real» libosidagi so‘nggisi bo‘ladi.

«Karvaxal — professionallikning va «Real»da o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarning mukammal timsoli. U o‘z mahorati, sadoqati va eng muhimi, qadriyatlari tufayli porloq faoliyatni ortda qoldirdi. U bilan yillar davomida birga ishlaganimdan faxrlanaman», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Daniel Karvaxal madridliklar safida barcha turnirlar doirasida jami 450 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 13:39, 23.05.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик