Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rud Gullit: «Arteta Gvardiolaning g‘oyalarini o‘g‘irladi»

Rud Gullit: «Arteta Gvardiolaning g‘oyalarini o‘g‘irladi»

Baho:
+3 | -

«Milan», «Chelsi» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rud Gullit «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida gapirar ekan, u «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiolaning tizimini «o‘g‘irlab olganini» ta’kidladi. Gullitning fikricha, aynan shu omil Artetaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Eslatib o‘tamiz, «kanonirlar» ustozi bu mavsumda o‘z sobiq hamkasbini ortda qoldirib, Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

«Gvardiola – fantastik murabbiy. Eng qizig‘i shundaki, Pepning g‘oyalarini o‘g‘irlaganlarning barchasi muvaffaqiyat qozonmoqda. Mikel Arteta undan deyarli hamma narsani olgan. U himoyadan hujum qurish falsafasini singdirdi; u aynan shu orqali barcha sovrinlarni yutdi. Ammo keyin boshqalar buni uddalay olmaydigan o‘yinchilar bilan takrorlashga urinishadi. Pep bunday o‘yin uchun maxsus qancha himoyachi sotib oldi? Juda ko‘p. Demak, agar sizda bunday o‘yinchilar bo‘lmasa, buni qilmang.

Har safar klublar «Bu bizning falsafamiz», deganini eshitganimda, yo‘q, bu Pepning falsafasi bo‘lganini aytaman. Va har safar jamoalar mavsumning eng muhim pallalarida o‘z darvozasi oldidan to‘pni o‘ynab chiqishga urinib, ochko yo‘qotayotganini ko‘rganimda, buni yaqqol his qilaman», – deya Gullitning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Manchester Evening News.

Kiritildi: 14:00, 23.05.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик