Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kimmix Kubok finali haqida gapirdi

Kimmix Kubok finali haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Germaniya Kubogi finali oldidan jamoadagi bosim haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar bugun turnirning final uchrashuvida «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushishadi.

«Chetdan qaraganda, faqat muvaffaqiyat va sovrinlar ahamiyatga egadek tuyuladi. Ammo voqealar markazida bo‘lib, so‘nggi bir necha yilga nazar tashlasangiz, shuni ko‘rasizmi: biz doimiy ravishda yuqori darajadagi futbol namoyish etdik. Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Shunga qaramay, men mavsumga faqatgina bitta o‘yin natijasidan kelib chiqib baho bermayman.

Menda shunday hissiyot borki, jamoa har kuni mashg‘ulotlarga zavq bilan keladi va hamma birgalikda futbol o‘ynash ishtiyoqi bilan yonmoqda. Bu bizning rivojlanishimiz uchun ulkan qiymatga ega. Yutish yoki yutqazishimizga faqat ma’lum darajada ta’sir o‘tkaza olamiz, men esa muvaffaqiyatni faqat sovrinlar soni bilan o‘lchashdan yiroqman. Biroq, oradan o‘n yil o‘tib ortga qaraganingizda, imkon qadar ko‘proq kuboklarni qo‘lga kiritganingizni ko‘rishni xohlaysiz. Shuning uchun ertaga borimizni berib o‘ynaymiz», — dedi Kimmix matbuot anjumanida.

Kiritildi: 14:37, 23.05.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик