Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Stankovich APL klublarining taklifini rad etdi

Stankovich APL klublarining taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

«Bryugge» yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich Angliya Premyer-ligasi klublariga o‘tishdan manfaatdor emas. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli serbiyalik futbolchiga «Brentford» va «Nyukasl» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganiga qaramay, u ayni paytda faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Stankovichning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Ma’lumot uchun, Aleksandar belgiyaliklar safida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Serbiya milliy terma jamoasi safida 6 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Kiritildi: 17:56, 23.05.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик