Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pirs Morgan Brunu Fernandeshning APLda mavsumning eng yaxshisi deb topilganidan g‘azabda

Pirs Morgan Brunu Fernandeshning APLda mavsumning eng yaxshisi deb topilganidan g‘azabda

Baho:
+1 | -

Taniqli teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morgan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilganini tanqid ostiga oldi.

Gap shundaki, Fernandesh APLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lganidan tashqari, professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) tomonidan ham yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun asosiy da’vogar (81 foiz ehtimollik bilan) sifatida ko‘rilmoqda.

Bu xabar Morganning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. U o‘z ijtimoiy tarmoqlarida quyidagicha munosabat bildirdi:

«Nimalar bo‘lyapti o‘zi? «Arsenal»ni 22 yillik tanaffusdan keyin chempionlik sari yetaklagan o‘yinchi (Deklan Rays nazarda tutilmoqda) o‘rniga, mavsum davomida muvaffaqiyatsizliklarga uchragan futbolchi qanday qilib eng yaxshisi bo‘lishi mumkin? Bu aql bovar qilmaydigan holat», – deb yozadi u.

Kiritildi: 17:57, 23.05.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик