Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Brayan Mbeumo «Manchester Yunayted»dagi eng kam baholangan futbolchi kimligini aytdi

Brayan Mbeumo «Manchester Yunayted»dagi eng kam baholangan futbolchi kimligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo jamoadoshi Joshua Zirkzeeni «qizil iblislar» safidagi eng kam baholangan futbolchi sifatida e’tirof etdi.

Sky Sports nashriga bergan intervyusida Mbeumo niderlandiyalik forvardning imkoniyatlariga yuqori baho berdi:

«[Eng kam baholangan o‘yinchi?] Albatta, Joshua Zirkzee. Nega? Chunki u jamoadoshlari bilan juda yaxshi til topisha oladi. U juda kuchli yigit. Mashg‘ulotlarda u to‘pni nazorat qilayotganida, undan olib qo‘yish juda qiyin. Shuningdek, u vaziyatlardan foydalanishda mohir va kuchli zarbalarga ega. Uning o‘yini meni hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, u juda xushmuomala va quvnoq inson», — dedi Mbeumo.

Ma’lumot uchun, Zirkzeening «Manchester Yunayted» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:50, 23.05.2026.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик