Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Evra Markus Reshfordga «Manchester Yunayted»ga qaytmaslikni tavsiya qildi

Evra Markus Reshfordga «Manchester Yunayted»ga qaytmaslikni tavsiya qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra ayni damda «Barselona»da ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi Markus Reshfordning kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Evraning ta’kidlashicha, futbolchi «Old Trafford»ga qaytmagani ma’qul.

«Shaxsiy va egoistik nuqtai nazardan aytsam, «Manchester Yunayted»ga qaytma. Qayerda baxtli bo‘lsang, o‘sha yerda qol. Markusning narxi «Barselona» uchun juda arzon bo‘ladi va bu ular uchun ayni muddao, chunki klub uning haqiqiy qiymatidan kamroq pul to‘laydi», — deya Evraning so‘zlarini keltiradi Manchester United Forever.

Joriy mavsumda Markus Reshford «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:41, 23.05.2026.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик