Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour 2026 turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi bosqichi — Super Chess Classic musobaqasi yakuniga yetdi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov turnirning 9-turi doirasida AQSHlik Uesli Soga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Raqib ortiqcha tavakkalga qo‘l urmadi va xotirjam yo‘nalishni tanladi. Natijada 46-yurishdan keyin durangga imzo chekishdi.
Ushbu durang evaziga Sindarovning ochkolari 5 taga yetdi va shuncha ochko jamg‘argan Uesli So bilan birga 3-o‘rinni band etdi. Har ikki shaxmatchi 42 500 dollar miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.
Germaniyalik Vinsent Keymer so‘nggi turda Yorden van Forestni mag‘lub etib, 6 ochko bilan musobaqaga g‘olibiga aylandi. AQSHlik Fabiano Karuana 5,5 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.














