Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart» darvozasiga yo‘llangan xet-trikdan (3:0) so‘ng, hujumchi Xarri Keynni dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi deb e’tirof etdi.
«Dunyodagi eng yaxshi to‘qqizinchi raqam. Agar fikrimizga qo‘shilsangiz, retvit qiling», — deb yozib qoldirdi Myunxen klubi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Keyn ushbu mavsumda Bundesliganing 31 ta o‘yinida maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













