Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Moyes: «Men «Vest Xem»ni APLda saqlab qolishni istardim»

Moyes: «Men «Vest Xem»ni APLda saqlab qolishni istardim»

Baho:
+ | -

«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes uning jamoasi APLning so‘nggi turida «Tottenxem»ni mag‘lub etishga harakat qilishini aytdi. Ushbu natija londonliklarni Chempionshipga ravona qilishi va ayni paytda «Vest Xem»ga ligada qolishga yordam berishi mumkin.

Moyes ilgari ikki marta «Vest Xem»ni boshqargan. 2023 yilda u jamoani Konferensiyalar ligasidagi g‘alabaga boshlab kelgan edi.

«Agar iloji bo‘lsa, «Vest Xem»ni APLda saqlab qolishni istardim. Lekin men uchun mavsumni «Everton» bilan jadvalning yuqori qismida yakunlash va yakuniy o‘rin uchun klubga yana bir necha million ishlab berish muhimroq», — deya murabbiyning so‘zlarini Goal.com keltiradi.

So‘nggi tur oldidan «Tottenxem» 17-o‘rinni egallab turibdi va «Vest Xem»ni atigi 2 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Shporlar»ga Angliya chempionatidagi o‘rnini kafolatlash uchun «Everton» bilan durang o‘ynash kifoya. Bu vaqtda «Vest Xem» «Lids»ni mag‘lub etishi shart bo‘ladi.

Kiritildi: 03:42, 24.05.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик