Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Goreska: «Bavariya» Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi»

Goreska: «Bavariya» Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi»

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Leon Goreska ketish oldidan o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinidan so‘ng klubning kelajagi haqida fikr bildirdi. Shanba kuni Myunxenliklar Germaniya Kubogi finalida Keynning xet-trigi evaziga «Shtutgart»ni mag‘lub etib (3:0), sovrinni qo‘lga kiritishdi. Goreska uchrashuvning eng so‘nggi daqiqalarida maydonga tushdi.

«Ishonchim komil, ertami-kechmi «Bavariya» Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi, agar aksariyat futbolchilar va ayniqsa murabbiy hech qayerga ketmasa. Men ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», — dedi 31 yoshli xavbek o‘yindan keyingi intervyusida.

Leon Goreska sakkiz yil davomida Bundesliga grandi ranglarini himoya qildi. Futbolchining muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmadi, tez orada u rasman erkin agentga aylanadi.

Kiritildi: 09:44, 24.05.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик