Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Ernandes YECHL finali haqida: «PSJ» yana Fransiya futboli tarixiga kirishi mumkin»

Ernandes YECHL finali haqida: «PSJ» yana Fransiya futboli tarixiga kirishi mumkin»

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Lyuka Ernandes bo‘lajak Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Parijliklar 30 may kuni final uchrashuvida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadilar. Yarim final natijalariga ko‘ra, Fransiya klubi «Bavariya»dan ustun keldi (5:4, 1:1).

– Final yaqinlashgani sari biror g‘ayritabiiy narsani his qilyapsizmi? Qandaydir o‘zgacha bosim bormi?

– To‘g‘risini aytsam, yo‘q. Bizda atigi bir yarim kunlik dam olish vaqti bo‘ladi. Lekin barchamiz bizni nima kutayotganini tushunib turibmiz: bu mavsumning eng muhim o‘yini. Biz klub, «Pari Sen-Jermen» va hatto Fransiya futboli tarixiga qaytadan kirishimiz mumkin.

– Bu mavsumdagi Chempionlar ligasida siz uchun eng esda qolarli lahza qaysi bo‘ldi?

– Men «Bavariya»ga qarshi o‘yinning yakunini aytgan bo‘lardim. O‘yin davomidagi shuncha qiyinchiliklardan so‘ng yengillikni his qildim. Biz haqiqiy jamoa ekanligimizni ko‘rsatdik, ayniqsa ikkinchi uchrashuvda. Nazarimda, bu men uchun joriy mavsumdagi eng esda qolarli lahza bo‘ldi, – dedi Ernandes UEFAga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:05, 24.05.2026.
O'qildi: 501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик