Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Andrey Arshavin «PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida fikr bildirdi

Andrey Arshavin «PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Kelasi hafta Budapeshtda «PSJ» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasida Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin finalda qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Chempionat» nashrining yozishicha, Arshavin shunday degan: «Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga muxlislik qilaman, ammo o‘ylashimcha, «PSJ» g‘alaba qozonadi».

Eslatib o‘tish joizki, Andrey Arshavin o‘z vaqtida aynan «Arsenal» safida to‘p surgan. «PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finali 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Parij klubi safida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov to‘p surmoqda. «PSJ» ayni damda Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 20:01, 24.05.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик