Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Spalletti kelgusi rejalari haqida gapirdi

Spalletti kelgusi rejalari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» A Seriyaning so‘nggi tur doirasidagi «Torino»ga qarshi derbida g‘alabani qo‘ldan chiqardi (2:2). «Byankonerilar» Dushan Vlaxovichning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Luchano Spalletti boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi zonasidan tashqarida — turnir jadvalida atigi oltinchi o‘rinda mavsumni yakunladi. Jurnalistlar «keksa sinyora» ustozidan jamoa kelgusi mavsumda chempionlik uchun kurasha oladimi, deb so‘rashdi.

«Bu barcha kutayotgan narsa. Bizning zimmamizda majburiyat bor — biz istalgan raqib bilan kurashishga, doimo g‘alaba uchun o‘ynashga va yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilishga qodir bo‘lishimiz kerak. Biz eng ulkan maqsadlarni hal qila oladigan jamoani shakllantirishimiz zarur», – dedi 67 yoshli mutaxassis o‘yindan keyingi intervyusida.

Luchano Spalletti mazkur lavozimni o‘tgan yilning kuzida, ishdan bo‘shatilgan Igor Tudorning o‘rniga egallagan edi.

Kiritildi: 08:24, 25.05.2026.
O'qildi: 383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик