Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Premyer-liga 38-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdan (2:1) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Allaqachon chempionlikni rasmiylashtirib ulgurgan «kanonirlar» yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan mavsumning so‘nggi o‘yinida ham g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv yakunida Mikel Arteta shogirdlariga chempionlik kubogi topshirildi, biroq mavsum hali yakuniga yetmadi – oldinda Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi to‘qnashuv kutib turibdi.
«Endigi maqsadimiz – «oltin dubl»ga erishish. Hozir bor e’tiborimizni «PSJ»ga qaratganmiz», — deya Raysning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsi 30 may kuni bo‘lib o‘tadi. «Arsenal» o‘z tarixida hali biror marta bu turnirda zafar quchmagan.













