Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Bernardu Silva Gvardiola haqida: «U — barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi»

Bernardu Silva Gvardiola haqida: «U — barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi»

Baho:
+ | -

Bernardu Silva va Xosep Gvardiola Premyer-liganing so‘nggi tur doirasida «Aston Villa»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng «Manchester Siti» bilan xayrlashishdi. Turnir ahamiyatiga ega bo‘lmagan bu bahsda «shaharliklar» o‘z maydonlarida imkoniyatni boy berishdi (1:2). O‘yinning asosiy voqeasi Gvardiola, Bernardu Silva va Jon Stounsning klub bilan xayrlashuvi bo‘ldi.

«Pep — g‘alabalarimizning asosiy sababchisi. U bosh murabbiy edi, barcha qarorlarni u qabul qilardi. U bir yoki ikki yil emas, balki juda uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli bo‘lgan «qo‘rqinchli» jamoani yaratdi. Bu futboldagi eng qiyin ish. Gvardiola rivojlanishdan hech qachon to‘xtamadi, doimo yangi narsalar o‘ylab topdi, raqiblarga moslashish va o‘yin uslubini «ochib tashlash» imkonini bermadi. Men uchun u futboldagi otamdek, undan barchasi uchun minnatdorman. Uni barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi deb bilaman», — deya Silvaning so‘zlarini keltiradi City Report.

Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan, portugaliyalik yarim himoyachi esa 2017 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 12:34, 25.05.2026.
O'qildi: 368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик