Italiyalik mutaxassis Antonio Konte «Napoli»ni tark etdi. Bu haqda Neapol klubi matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Konte jamoani 2024 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. U «Napoli»dagi debyut mavsumidayoq jamoani Italiya Seriya Asining oltin medallari sari yetaklab bordi. 2025/2026 yilgi mavsumni esa Antonio Konte shogirdlari turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida yakunlashdi.

Keyingi mavsumda neapolliklar UYEFA Chempionlar Ligasi va Italiya Superkubogida ishtirok etadilar.













