Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Topuriya UFC chempionlik kamarini Sarukyandan himoya qilmoqchi

Topuriya UFC chempionlik kamarini Sarukyandan himoya qilmoqchi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida mag‘lubiyatsiz kelayotgan chempion Iliya Topuriya navbatdagi unvon himoyasi uchun 70 kg vazn reytingida ikkinchi raqamli jangchi bo‘lib turgan Arman Sarukyanga qarshi jang qilishdan manfaatdor.

ESPN muxbiri Karlos Legaspining xabar berishicha, bu jang Oq uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turniridagi Jastin Getji bilan to‘qnashuvdan so‘ng amalga oshishi mumkin.

«U haqiqatan ham Arman bilan jang qilishni xohlayapti. Agar bitta himoya jangini o‘tkazsa, undan keyingi raqibi aynan Arman bo‘lishini istaydi. Bu bosqichda bu jangni inkor qilishning iloji bo‘lmay qoladi.

Menimcha, agar Iliya g‘alaba qozonsa, navbatdagi kamar himoyasi Arman Sarukyanga qarshi bo‘ladi, keyin esa voqealar rivojini kutamiz. Chunki unda Islom Maxachev bilan jang qilish ambisiyasi ham bor», — deya Legaspining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Championship Rounds sahifasi.

Kiritildi: 16:07, 25.05.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик