"PSJ" vingeri Xvicha Kvarasxeliya parijliklar klubining eng kuchli jihatlaridan birini aytib o‘tdi.
"Menimcha, birlik — bu jamoaning eng kuchli tomonlaridan biri. Biz birgalikda o‘ynashdan xursandmiz, jamoada aqlbovar qilmas hamjihatlik sezilib turibdi. Biz bilamizki, agar bir-birimiz uchun kurashsak va o‘z o‘yinimizni namoyish etsak, istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz", — deya Kvarasxeliyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.
Fransiya Liga 1 mavsumi yakunlariga ko‘ra, "PSJ" mamlakat chempioniga aylandi. Jamoa 34 ta o‘yinda 76 ochko jamg‘ardi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finalida Parij klubi Londonning "Arsenal"iga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 30 may kuni "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.













