Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kvarasxeliya: «Futbol — bu faqat gollar va assistlar degani emas»

Kvarasxeliya: «Futbol — bu faqat gollar va assistlar degani emas»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya o‘z o‘yinining qaysi jihatini yaxshilash istagi borligi haqidagi savolga javob berdi. Gruziyalik futbolchi aniq bir jihatni ko‘rsatmadi, biroq futbolchilar doimo rivojlanishga intilishi kerakligini ta’kidladi.

«Menimcha, har bir o‘yinchi nimanidir yaxshilashi mumkin va men bundan mustasno emasman. Men doimo o‘sishga, ko‘proq gol urishga va golli uzatmalar berishga harakat qilaman, lekin men uchun futbol — bu faqat gollar va assistlardan iborat emas. Jamoaga qay tarzda yordam berishing muhimroq.

Ba’zida sen gol urolmasliging yoki pas berolmasliging mumkin, lekin jamoang g‘alaba qozonishi uchun maydonda bor kuchingni bera olasan. Men uchun eng muhimi shu. O‘yin tugaganida, men o‘z jamoam uchun 100 foiz kuchimni berganimni va g‘alabaga hissa qo‘shganimni bilishni istayman», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltirmoqda «PSJ» rasmiy sayti.

2025/2026 yilgi mavsumda Xvicha Kvarasxeliya 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:59, 25.05.2026.
O'qildi: 259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик