«Manchester Yunayted» portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, yarim himoyachi Angliya chempionatining eng yaxshi assistentiga aylandi — portugaliyalik futbolchi 35 ta uchrashuvda 21 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Klub uning muvaffaqiyatlarini yangi shartnoma bilan rag‘batlantirmoqchi.
Brununing «Manchester Yunayted» bilan amaldagi bitimi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq futbolchiga Saudiya Arabistoni va Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan APL mavsumida Fernandesh 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













