Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

Luis Enrike - Arteta haqida: «U Gvardiola falsafasini o‘ziniki qilib oldi»

Luis Enrike - Arteta haqida: «U Gvardiola falsafasini o‘ziniki qilib oldi»

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finali oldidan Mikel Artetaning «Arsenal»dagi ishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 30 may kuni ularning jamoalari Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida Yevropaning bosh sovrini uchun kurash olib borishadi.

«Men jamoalarimizni mutlaqo qarama-qarshi deb hisoblamayman. «Arsenal» Mikelni to‘liq aks ettiradi. U Pep Gvardiolaning to‘pga egalik qilishga asoslangan yondashuvini oldi va uni o‘zinikiga aylantirdi. «Kanonirlar» aqlbovar qilmas bardosh namoyish etishmoqda, bu Artetaning xarakteriga mos keladi. Bir necha yil davomida ular Yevropada ishonchli himoyani ko‘rsatishdi», — deya Enrikedan iqtibos keltiradi UEFA Media Team.

Ispaniyalik mutaxassis Arteta bilan bo‘lgan munosabatlari haqida iliq gaplar aytdi:

«Men «Barselona»da o‘ynaganimda, Mikel hali juda yosh edi. Yo‘llarimiz bir mavsum davomida kesishgan, garchi u «PSJ»ga ijaraga ketishidan oldin u yerda to‘liq bir yil o‘tkazganmi yoki yo‘q, aniq bilmayman. Biz kam ko‘rishardik, ammo xotiralar iliq. U ulkan iste’dod, mehnatsevar, qat’iyatli va texnikasi juda kuchli. Yuqori saviyali markaziy yarim himoyachi. Har safar Arteta bilan uchrashganimda, u kayfiyatimni ko‘taradi. Biz doimo birga o‘ynagan o‘sha mavsumni eslaymiz va bu juda yoqimli».

Ortda qolgan mavsumda Arteta shogirdlari 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioni bo‘lishdi.

Kiritildi: 09:08, 26.05.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик