Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Emeri: «Biz mavsumni ajoyib yakunladik, bu shunchaki fantastika»

Emeri: «Biz mavsumni ajoyib yakunladik, bu shunchaki fantastika»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri APL 38-turi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (2:1) haqida gapirdi va jamoasi uchun mavsum yakunlarini sarhisob qildi.

«Bu shunchaki fantastika, hayratlanarli. Biz mavsumni ajoyib tarzda yakunladik va Premyer-liga buning eng muhim elementidir. Biz to‘rtinchi o‘rinni egalladik, Yevropa Ligasida muvaffaqiyat qozondik va Chempionlar Ligasiga yo‘l oldik, shuningdek, mavsum boshida turnir jadvalida yuqori o‘rinlarga bizdan ko‘ra ko‘proq da’vogar bo‘lgan bir nechta jamoalarni mag‘lub etdik.

Biz fantastik ishni amalga oshiryapmiz. O‘tgan haftada o‘z uyimizda «Liverpul»ni, bugun esa safarda «Manchester Siti»ni mag‘lub etib mavsumni tugatishimiz — bu shunchaki hayratlanarli. Shuningdek, biz 65 ochko jamg‘ardik. Futbolchilarni, klubni va har bir xodimni tabriklayman. Muxlislarni ham tabriklayman, ular bugun stadionda biz bilan bo‘lishdi. Yevropa Ligasi esa uzoq vaqtdan so‘ng qo‘lga kiritilgan sovrin bo‘ldi va bu, albatta, qilgan ishimizdan faxrlanishimizga sabab bo‘ladi», — deya Emerining so‘zlarini Birmingem klubi rasmiy sayti keltirmoqda.

Kiritildi: 11:21, 26.05.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик