Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishi mumkinligi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ko‘plab xabarlarga ko‘ra, aynan «Benfika»ning amaldagi ustozi shu yozda Alvaro Arbeloa iste’fosidan so‘ng Madrid klubini boshqarishi kutilmoqda.
«Men klublar qilayotgan ishlarga katta hurmat bilan qarayman. «Real» yoki boshqa klublarning ichki ishlaridan xabarim yo‘q. Shunday ekan, ular qabul qiladigan qarorlarni hurmat qilaman.
Mourinyo — ajoyib murabbiy, uning «Real»da boy tarixi bor. Bu g‘oya menga juda yaxshi tuyulmoqda», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, de la Fuente bo‘lajak Jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasiga «Real»ning birorta ham futbolchisini chaqirmadi. Bu Madrid klubi tarixidagi ilk shunday holat sifatida qayd etildi.













