Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso Karvaxalni «Chelsi»da ko‘rmoqchi

Xabi Alonso Karvaxalni «Chelsi»da ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq himoyachisi Daniel Karvaxal faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. MatchDay Central ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

London klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso tajribali himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va uni ushbu transferga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Karvaxal «Chelsi»ga yetakchilik qobiliyati va g‘oliblik mentalitetini olib kira oladi.

Daniel Karvaxal 2013 yildan 2026 yilgacha «Real» sharafini himoya qildi. Madrid klubi tarkibida u jami 26 ta sovrin, jumladan, 6 marta Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Hozirda futbolchi erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 20:53, 26.05.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик