Pep Linders Xosep Gvardioladan kelgan taklifni qanday qabul qilganini esladi. Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq «Liverpul»da Yurgen Kloppga yordam bergan, 2025/26 yilgi mavsum boshlanishidan oldin esa «shaharliklar» murabbiylar shtabida assistent lavozimini egallagan edi.
«Gvardiola yangi jamoa qurmoqchiligini aytdi, ammo darhol bu loyiha uzoq muddatli emasligidan ogohlantirdi. U menga murojaat qilishdan oldin Kloppdan rozilik olgan. Pepning aniq talablari bor edi: u o‘z shtabida o‘ziga yangi chaqiriq tashlay oladigan, zamonaviy Premyer-liga tendensiyalariga mos keladigan, jismoniy kurashlarga boy va agressiv uslubni joriy eta oladigan murabbiyni ko‘rishni istagan. Unga innovasiyalar kerak edi», — deya Lindersning so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Eslatib o‘tamiz, ikkala «Pep» ham mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etmoqda. Ularning ittifoqi jamoaga Angliya kubogi va Liga kubogida g‘alaba qozonishda yordam berdi.













