«Barselona» moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, yozgi transferlar oynasida bir qator qimmatbaho bitimlarni amalga oshirishi mumkin. «Ko‘k-anorranglilar» Xulian Alvares, Joao Pedro, Entoni Gordon va boshqa yuqori narxga ega futbolchilarning transferiga da’vogarlik qilmoqda.
Jurnalist Ashraf ben Ayadning xabar berishicha, kataloniyalik grand vakillari avval futbolchilarning o‘zlari bilan shaxsiy kelishuvga erishib, so‘ngra klublari bilan muzokara boshlashni rejalashtirishgan. Bunday yondashuv kataloniyaliklarga moliyaviy imkoniyatlari ulardan ancha yuqori bo‘lgan klublar bilan kurashda yulduzlarni o‘z safiga jalb qilishda yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘tgan mavsumda La Liga va Ispaniya Superkubogida zafar quchgan edi.













