Madridning «Real» klubini boshqarishi kutilayotgan Joze Mourinyo kelajak mavsum uchun rejalarini ishlab chiqmoqda. Jurnalist Ignasio Sanchesning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘z rejasida turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyulerni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
«O‘ziga xos murabbiy» (The Special One) allaqachon futbolchi bilan shaxsan bog‘lanib, uning jamoadagi yangi roli haqida gaplashgan. 21 yoshli Arda Gyuler «Real» safiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Florentino Peres prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda, Joze Mourinyo rasman «Real» bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.













