Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Real» noyob moliyaviy rekord o‘rnatishga yaqin

«Real» noyob moliyaviy rekord o‘rnatishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi tarixda yillik daromadi 1,2 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubiga aylanishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Jamoa mavsumni sovrinsiz tugatganiga qaramay, moliyaviy sohada ishonch bilan yetakchilik qilmoqda. O‘tgan mavsumda klub 1,161 milliard yevro ishlab topib rekord o‘rnatgan bo‘lsa, bu yil yangi tarixiy cho‘qqi kutilyapti.

O‘sishning asosiy sababi tijoriy daromadlar bo‘ldi. Marketing, liboslar sotuvi va homiylik kelishuvlaridan klub 594 million yevro ishlab topdi, bu oldingi ko‘rsatkichlardan 23 foizga ko‘p demakdir.

Shuningdek, yangilangan «Santyago Bernabeu» stadioni ham katta foyda keltirmoqda. Rekonstruksiyadan so‘ng arenada konsertlar va turli tijoriy tadbirlar o‘tkazilyapti. Stadiondan tushgan daromad 233 million yevroga yetdi.

Bundan tashqari, «Real» Emirates kompaniyasi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi va Adidas bilan yangi kelishuv ustida muzokara olib bormoqda. Klub bir mavsumda homiylardan keladigan jami tushumni 300 million yevroga yetkazishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 13:05, 27.05.2026.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик