«Atletiko» Mark Pubil bilan amaldagi kelishuvni 2031 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Madrid klubi va 22 yoshli himoyachi o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda, deb xabar bermoqda Marca nashri. Kutilishicha, ispaniyalik futbolchining maoshi oshiriladi — hozirda u jamoaning eng kam haq oluvchi o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, tomonlar yangi shartnomaga 500 million yevro miqdorida tovon puli belgilash bandini kiritishni ham ko‘rib chiqmoqdalar.
La Liganing yakunlangan mavsumida Pubil 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













