Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland JCH-2026 oldidan Norvegiya terma jamoasining imkoniyatlarini baholadi

Xoland JCH-2026 oldidan Norvegiya terma jamoasining imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘z jamoasining holati haqida fikr bildirdi.

«Birinchidan, bizda bo‘yi baland futbolchilar yig‘ilgan. Biz jismonan kuchli va bir-birini yaxshi tushunadigan jamoamiz. Shuningdek, bizda vaziyatlar yaratish va gol urish uchun futbolda kerak bo‘ladigan barcha sifatlar mavjud. Bu aynan bizga kerak bo‘lgan narsa. O‘ylaymanki, Norvegiya o‘z o‘yinchilari va kreativligi bilan hayron qoldira oladi. Bizning o‘yinlarimizni tomosha qilish yoqimli bo‘lishi juda muhim.

Saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz bizga ulkan ishonch bag‘ishladi. Bu nafaqat ishonch, balki ijobiy ma’nodagi "haqiqat tekshiruvi" bo‘ldi — u biz aslida qayerda ekanimizni ko‘rsatib berdi. Biz o‘z uyimizda Italiyani mag‘lub etdik. «San-Siro»da ularni saralash o‘yinlarida kamdan-kam jamoalar yenga olgan, ammo biz buni uddaladik. Bu odamlarga istalgan joyda va istalgan holatda natija ko‘rsata olishimizni isbotladi. Shu bois, bizda ishonch bor, biz hali ham yosh jamoamiz», — dedi Holand FIFA rasmiy saytiga.

Kiritildi: 14:02, 27.05.2026.
O'qildi: 254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик