Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Ter Shtegen «Jirona» bilan xayrlashdi

Ter Shtegen «Jirona» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida ijara asosida o‘tgan «Jirona» klubi bilan xayrlashdi. Mavsum yakunlariga ko‘ra «Jirona» La Ligani tark etdi.

«Jirona», oxirgi bir necha oy uchun katta rahmat. Maydonda hammamiz xohlagandan ko‘ra ancha kam vaqt o‘tkazgan bo‘lsam-da, birinchi kundan meni qanday qabul qilganingiz uchun sizdan minnatdorman. Bu oilaning bir qismi bo‘lish, ushbu futbolchilar bilan kiyinish xonasini bo‘lishish va klub xodimlari hamda ajoyib muxlislarning mehrini his qilish men uchun sharaf bo‘ldi.

Mavsum yakuni biz kutgandek bo‘lmadi, lekin ishonchim komilki, bu klubda tez orada o‘z joyiga — yuqori divizionga qaytish uchun kuch ham, iroda ham, kerakli insonlar ham bor. Qo‘llab-quvvatlaganingiz va mehringiz uchun barcha muxlislarga rahmat. Kelajakda sizga chin qalbdan eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman», — deb yozdi ter Shtegen o‘zining X sahifasida.

Kiritildi: 14:41, 27.05.2026.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик