Kirish Ro'yxatdan o'tish

Denzel Dumfris Niderlandiya terma jamoasining o‘yin uslubiga ta’rif berdi

Denzel Dumfris Niderlandiya terma jamoasining o‘yin uslubiga ta’rif berdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dumfris milliy jamoaning o‘ziga xos uslubi haqida gapirib o‘tdi.

«Ba’zi yigitlar to‘p bilan muomala qilishda juda kuchli, boshqalar esa o‘zlarining o‘zgacha qobiliyatlarini qo‘shishadi. Menimcha, bizda yaxshi muvozanatlashtirilgan tarkib bor. Jamoaga shiddat va intensivlik bag‘ishlash kerak bo‘lganda, o‘ylaymanki, aynan shu yerda men o‘z mahoratimni ko‘rsata olaman. Bu ham Niderlandiya o‘yin uslubining bir qismidir. Biz to‘pni nazorat qilish va kerakli futbolchiga uzatishni juda yaxshi bilamiz. Akademiyalarda asosiy e’tibor aynan shunga hamda to‘pni qanday qabul qilishga qaratiladi.

Biroq, menimcha, niderlandiyaliklar agressiya va ishtiyoq borasida Janubiy Amerika davlatlaridan nimalarnidir o‘rgansa bo‘ladi. Biz bu borada yanada o‘sishimiz mumkin. Ammo Niderlandiya uslubi haqiqatan ham to‘pga egalik qilish, kerakli vaqtni tanlash va jamoadoshlariga bo‘sh joy yaratib berishga asoslangan. Agar bularning barchasi joyida bo‘lsa, bizda ideal Niderlandiya terma jamoasi shakllanadi», — dedi Dumfris FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:46, 27.05.2026.
O'qildi: 188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик