Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius: «Men barcha tanqidlarni yengib o‘tdim»

Vinisius: «Men barcha tanqidlarni yengib o‘tdim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng o‘ziga nisbatan bo‘lgan tanqidlarga qanday bardosh bergani haqida gapirib berdi.

«Real»ga o‘tganimda, hamma meni o‘ynab keta olmaydi, birorta gol urmaydi va hech narsada g‘olib chiqmaydi, deb aytgandi. Lekin yakunda men barcha tanqidlarni yengib o‘tdim. Hozir prezident va muxlislar meni yaxshi ko‘rishadi», — deya vingerning so‘zlarini keltiradi Caze TV.

Vinisius 2018 yildan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Flamengo»dan 45 million yevro evaziga sotib olingan edi. Yakunlangan mavsumda 25 yoshli futbolchi 53 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:36, 27.05.2026.
O'qildi: 171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик