Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

Son Xin Min faoliyatidagi to‘rtinchi Jahon chempionati oldidan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi

Son Xin Min faoliyatidagi to‘rtinchi Jahon chempionati oldidan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

AQSHning «Los-Anjeles» klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xin Min JCH-2026 haqidagi fikrlarini bildirdi.

— To‘rtinchi bor Jahon chempionatiga yo‘l olish qanday tuyg‘u?

— Birinchi navbatda, bolalikdagi orzim haqida o‘ylayman. Men tomosha qilgan ilk mundial — JCH-1998 bo‘lgan, lekin uni unchalik yaxshi eslay olmayman. Men haqiqiy his qilgan birinchi Jahon chempionati esa JCH-2002 edi. Hamisha futbolchi bo‘lishni va mana shunday buyuk futbol bayramida qatnashishni orzu qilardim. Hozir bu futbolchi sifatida qatnashadigan to‘rtinchi mundialim va orzumni amalga oshirish uchun yana bir bor imkoniyat berilganini katta sharaf deb bilaman.

— Siz o‘tgan yildan beri «Los-Anjeles»da o‘ynayapsiz. Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatda o‘ynash qanday ekan?

— Bu yerga ko‘chib o‘tishimning asosiy sababi ham aynan Jahon chempionati bo‘lgan. Men juda hayajondaman va yana bir ajoyib turnirni o‘tkazishni istayman. Agar o‘yinlarimiz Los-Anjelesda bo‘lib o‘tsa, bu yanada zo‘r bo‘lardi. Klubga o‘tganimda, u yerda yashovchi koreys diasporasi va odamlarga quvonch ulashishdan baxtiyor edim. Ular meni koreys va terma jamoa a’zosi ekanimdan faxrlanishga majbur qilishadi. Bu men uchun juda muhim va hamisha borimni berishga tayyorman. Shuning uchun doim qo‘limdan kelganini qilaman va maydonda tabassum bilan harakat qilaman, — dedi Son FIFA rasmiy saytiga.

Kiritildi: 15:43, 27.05.2026.
O'qildi: 1000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик