Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joao Pedro «Chelsi»dagi eng hazilkash futbolchini aytdi

Joao Pedro «Chelsi»dagi eng hazilkash futbolchini aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro himoyachi Mark Kukurelya londonliklar tarkibidagi asosiy hazilkash ekanini aytib o‘tdi.

«Mark deyarli gaplashmaydi. O‘yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda u butunlay jim bo‘lib qoladi, biroq u har kuni hazillashadi. U buni kundalik odatga aylantirgan. Menimcha, u hazil qilmoqchi bo‘lganida, uning hayoti butunlay boshqa olamga aylanadi. Ammo maydonda u juda yaxshi o‘yinchi», — dedi Joao Pedro Rio Ferdinandning podkastida.

Mark Kukurelya 2022 yilda «Brayton»dan 65 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi londonlik klub safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:03, 27.05.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик