Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antonio Kassano Allegrining iste’fosi haqida: «U o‘z ishidan uyalishi kerak»

Antonio Kassano Allegrining iste’fosi haqida: «U o‘z ishidan uyalishi kerak»

Baho:
+ | -

Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano Massimiliano Allegrining iste’fosi haqida o‘z fikrini bildirmay iloji yo‘q edi. «Milan»ning amerikalik xo‘jayinlari jamoa chempionatning so‘nggi turida mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lgach, murabbiyga javob berib yuborishdi.

«Allegri o‘z qilgan ishidan uyalishi kerak. Men bo‘lganimda uyalgan bo‘lardim», — deya Kassanoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Italiya chempionati — A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, kuz mavsumida Yevropa ligasida ishtirok etadi. Klub oxirgi marta to‘rt yil avval, 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan edi. O‘shanda bu natijaga 2024 yilda klubni tark etgan Stefano Pioli boshchiligida erishilgandi.

Kiritildi: 08:33, 28.05.2026.
O'qildi: 212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик