Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius Argentinaning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi

Vinisius Argentinaning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior bo‘lajak Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Albiseleste» guruh bosqichida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

«Men Argentinani JCH-2026 favoritlari qatoriga qo‘shaman, chunki ular amaldagi chempionlar, o‘zlariga ishonishadi va ularning safida Messi bor. Bu futbolchi doimo o‘zgacha harakat qilishga qodir – undan nima kutish kerakligini hech qachon bilmaysiz», – deya Vinisiusning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AlbicelesteTalk.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Braziliyaliklar esa 2002 yildan buyon mundialda zafar quchishmagan.

Kiritildi: 11:56, 28.05.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик