Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Karlos Baleba uchun kurashmoqda

«Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Karlos Baleba uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba Angliya Premyer-ligasining ikki klubi e’tiborida. 22 yoshli futbolchiga o‘tgan yildan buyon da’vogarlik qilib kelayotgan va ushbu kurashda favorit sanaladigan «Manchester Yunayted» hamon unga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, kamerunlik futbolchi uchun «qizil iblislar» bilan «Tottenxem» ham raqobatlashishga tayyor — «shporlar» elitadagi o‘rnini saqlab qolgach, tarkibni jiddiy kuchaytirishga ahd qilgan.

Karlos Balebaning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda, ammo «chaykalar» bundan ancha yuqoriroq narx talab qilishi mumkin. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:02, 28.05.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик