Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sheshko: «Men «Manchester Yunayted»ga sovrinlar yutish uchun kelganman»

Sheshko: «Men «Manchester Yunayted»ga sovrinlar yutish uchun kelganman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko jamoadagi ilk mavsumidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 22 yoshli futbolchi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

«Menga bosim yoqadi. Agar senga bosim o‘tkazishsa, demak, sen yaxshi futbolchisan. Aniqki, «Manchester Yunayted» hujumchisidan doimo gol kutishadi – men aynan shuning uchun shu yerdaman. Men «Manchester Yunayted» bilan gol urish va sovrinlarni yutish uchun kelganman», – deya Sheshkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UtdDistrict.

Sloveniyalik futbolchi inglizlar grandi safiga o‘tgan yilning avgust oyida «RB Leypsig»dan 76,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:24, 28.05.2026.
O'qildi: 407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик