«Yuventus» shu yozda himoyachi Gleyson Bremerni sotishni rejalashtirmoqda. La Stampa nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga «Inter» qiziqish bildirmoqda.
Italiyaning amaldagi chempionlari transfer bo‘yicha aniq qadamlarni tashlab, futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan. Biroq «Yuventus» o‘z raqobatchilariga chegirma qilib bermoqchi emas va birinchi navbatda Angliya Premyer-ligasi jamoalaridan kattaroq taklif tushishini kutmoqda.
Gleyson Bremer 2022 yilda «Torino»dan «Yuventus»ga 51 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Joriy mavsumda himoyachi turinliklar safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Bremerning narxini 35 million yevroga baholamoqda.













