«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola katta ehtimol bilan «Milan» yoki «Kristal Pelas» klublariga o‘tmaydi.
Avvalroq, ispaniyalik mutaxassisning Milan klubiga o‘tishi loyihadagi noaniqliklar tufayli bekor bo‘lgani va u London jamoasini («Kristal Pelas») boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Sky Sports nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 43 yoshli mutaxassisning «Selxerst Park»da ish boshlashi hamon dargumon bo‘lib qolmoqda.
Bir qancha manbalarning ta’kidlashicha, Andoni o‘z rejalarini barcha manfaatdor tomonlar, jumladan «Kristal Pelas» bilan ham muhokama qilgan bo‘lsa-da, uning yanada nufuzliroq klubga o‘tishi kutilmoqda.
Sky Italy bergan axborotga ko‘ra, Iraola faoliyatini davom ettirish uchun «Bayer» va «Liverpul» variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.













