Kirish Ro'yxatdan o'tish

Filipp Lam Germaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun optimal tarkibini aytdi

Filipp Lam Germaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun optimal tarkibini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Filipp Lam bo‘lajak Jahon chempionati uchun milliy jamoaning asosiy tarkibi borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Lam o‘z tahlilida «Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmixning roliga va taktik sxemalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Yozua Kimmix butun mavsumni yarim himoyada o‘tkazdi. U Aleksandar Pavlovich bilan birga ko‘plab o‘yinlarda ishtirok etdi va «Bavariya» faqatgina Chempionlar ligasi yarim finalida keskin kurashlar ostida musobaqani tark etdi. Kimmix ko‘p yillardan beri yarim himoyada eng yuqori darajadagi o‘yinni namoyish etib kelmoqda. Men Noyer, Ta va Kimmixdan iborat jamoa o‘zagini buzib, uni o‘ng qanot himoyasiga o‘tkazmagan bo‘lardim. Shu bois, uni yarim himoyada qoldirgan bo‘lardim.

2014 yilgi Jahon chempionatida biz ba’zida qanotlarda ikkita markaziy himoyachidan foydalangandik. Bu ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan variant. Menimcha, Valdemar Anton o‘ng qanotda o‘ynashi mumkin. Chap qanotda esa bizda hujumkor David Raum bor. Himoyaga ko‘proq e’tibor qaratadigan Anton bilan biz muvozanatga erishamiz: bir tomondan hujumkor faollik va ikkinchi tomondan mudofaa barqarorligi», — deya Lamning so‘zlarini keltirmoqda ijtimoiy tarmoqdagi Bayern & Germany sahifasi.

JCH-2026 guruh bosqichida Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan kuch sinashadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:49, 28.05.2026.
O'qildi: 219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик