Kirish Ro'yxatdan o'tish

Makron JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi huzuriga tashrif buyuradi

Makron JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi huzuriga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron 2 iyun kuni milliy terma jamoaning mashg‘ulot markaziga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda RMC Sport.

Davlat rahbarining bunday tashrifi an’anaviy tusga ega bo‘lib, jamoaning yirik xalqaro turnirlarga tayyorgarligi doirasida amalga oshiriladi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — 2026 yilgi Jahon chempionatiga jo‘nab ketish oldidan futbolchilar va Didye Desham boshchiligidagi murabbiylar shtabini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir.

Fransiya terma jamoasi 10 iyun kuni mundialga yo‘l oladi. Eslatib o‘tamiz, turnir uch mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:54, 28.05.2026.
O'qildi: 120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик